Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZMETKOMBINAT” MEHNAT FAXRIYLARI E’TIROF ETILDI

15.05.2026 15.05.2026 50

    

Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylar kengashining Bekobod shahar hududiy filiali tomonidan “O‘zmetkombinat” AJ mehnat faxriylari uchun bayram munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev hamda Bekobod shahar hokimi N. Babayev ishtirok etib, mehnat faxriylarini samimiy tabrikladilar. Ular tomonidan sanoat sohasining rivojiga munosib hissa qo‘shgan, ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan ajralib turgan faxriylar alohida e’tirof etildi.

Tadbir davomida bir guruh faol mehnat faxriylari faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu tashabbus uzoq yillar davomida soha rivojiga xizmat qilgan ustoz avlod vakillariga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida katta ahamiyat kasb etdi.

 

5.00

(2 ovoz)