Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“BOSHQARUV RAISI KUBOGI” MINI FUTBOL MUSOBAQASINING NAVBATDAGI UCHRASHUVLARI BO‘LIB O‘TDI

18.05.2026 18.05.2026 64

   
“O‘zmetkombinat” AJ yoshlari o‘rtasida “Boshqaruv raisi kubogi” mini futbol musobaqasi doirasida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bellashuvlar davom etmoqda. Musobaqa korxona yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan.

16-may kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijalari:
Logistika xizmati — Navli prokat bo‘linmasi | 0:3
Muhandislik markazi — “Bekobod ovqatlanish kombinati” MChJ | 4:6
“Metallurgiya servis markazi” MChJ-1 — Ijroiya apparati | 0:3
Elektr tarmoqlari va podstansiyalar bo‘linmasi — Temir tersaklarni qayta ishlash bo‘linmasi | 3:2
“Metallurgiya servis markazi” MChJ-2 — “Bekobod Bazalt” MChJ | 4:1

17-may kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijalari:
Quyuv prokatlash majmuosi-2 — “Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi” MChJ | 1:1 (penaltilar seriyasi — 2:1)
Qorovullik xizmati — Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi | 1:4
Musobaqa yuqori saviyada va sport ruhida davom etmoqda.
Bellashuvlarda ishtirok etayotgan barcha jamoalarga keyingi uchrashuvlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz.

 

5.00

(1 ovoz)