Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Quruvchilar kasb bayramini munosib nishonladi

12.08.2026 12.08.2026 26

    

Yurtimizda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi soha fidoyilarining mehnatini e’tirof etish, ularni qadrlash va sharaflash maqsadida Quruvchilar kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu sana munosabati bilan “Bekobod sanoat qurilish–montaj tresti” MCHJ jamoasi uchun “Baxt tantanalar uyi”da bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Jahongir Mustafayev, Kombinat kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Elzara Viliullayeva hamda Trest direktori Erlan Saliyev ishtirok etib, soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladilar. Qurilish sohasida ko‘p yillik samarali mehnat qilayotgan, o‘zining fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan jamoa rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan xodimlarga alohida minnatdorlik bildirildi.

Bayram davomida bir guruh faol ishchi-xodimlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Dilrabo kuy-qo‘shiqlar, samimiy tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat tantanaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Quruvchilik — bunyodkorlik va mas’uliyatni birlashtirgan sharafli kasb. Ularning qo‘li bilan qad rostlagan har bir inshoot ortida katta mehnat, boy tajriba va yurt taraqqiyotiga daxldorlik mujassam. Bugun quruvchilarimiz bunyod etayotgan har bir obida — ertangi kun uchun mustahkam poydevordir.

 

0

(0 ovoz)