Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Energetikada yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” Xitoyning ilg‘or BESS texnologiyalarini o‘rganmoqda

12.08.2026 12.08.2026 30

     

“O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va energetika infratuzilmasini zamonaviy texnologik yechimlar asosida modernizatsiya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida “O‘zmetkombinat” AJ delegatsiyasi energiyani saqlash texnologiyalari sohasida xalqaro tajribaga ega Trina Storage kompaniyasining ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida o‘rganish, ilg‘or texnik yechimlar bilan tanishish hamda ularni “O‘zmetkombinat”ning energetika infratuzilmasiga integratsiya qilish imkoniyatlarini baholashdan iborat bo‘ldi.

Delegatsiya a’zolari BESS (Battery Energy Storage System) — elektr energiyasini saqlash tizimlarini ishlab chiqarish, boshqarish va yagona energetik tizimga integratsiya qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, LFP texnologiyasi asosidagi akkumulyator modullari, BMS va EMS intellektual boshqaruv tizimlari, PCS quvvatni konvertatsiya qilish uskunalari, zamonaviy sovitish hamda yong‘in xavfsizligi tizimlarining ishlash prinsiplari atroflicha o‘rganildi.

Muzokaralar davomida BESS texnologiyalarini yirik metallurgiya korxonalari sharoitida qo‘llash, elektr energiyasi iste’molining eng yuqori yuklama davrlarini samarali boshqarish, energiya iste’moli grafigini optimallashtirish, elektr tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytirish hamda ishlab chiqarish obyektlarini uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Ayniqsa, “O‘zmetkombinat” AJ obyektlaridan birida BESS tizimini joriy etish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar loyihaning texnik parametrlari, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmlari, moliyalashtirish imkoniyatlari hamda energiya servis modeli asosida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Mazkur tashrif “O‘zmetkombinat”ning energetika sohasidagi transformatsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish, energiya resurslaridan yanada oqilona foydalanish, zamonaviy raqamli boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va ishlab chiqarishning energetik barqarorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

“O‘zmetkombinat” — zamonaviy texnologiyalar, energiya samaradorligi va barqaror ishlab chiqarish sari.

 

0

(0 ovoz)