Bekor qilish
1
x
)

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz
bosqichni tanlaysiz
Ochiq ma`lumotlar
Ochiq ma`lumotlar
Rasmiy veb-saytda axborotlarni joylashtirish va elektron davlat xizmatlari ko`rsatish
Ijtimoiy ahamiyatga molik ma`lumotlar
Byudjet jarayonining ochiqligi
Ochiq ma`lumotlar portalida ma`lumotlar joylashtirish
Ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishi
Korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish
Biz haqimizda
Kombinat haqida
Hamkorlik
Bizning faxrimiz
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
Manfaatlar to'qnashuvi haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish deklaratsiyalarining namunaviy shakllari
Boshqaruv Raisi-bosh direktor murojaati
Komplayens xizmatining maʼsul xodimlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar
Targ‘ibot materiallar
Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼlumot
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot
Kadrlarni tanlashda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish tizimi
Boʼsh ish oʼrinlari
Korporativ boshqaruv
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv va nazorat organlari
Boshqaruv organlari
Nazorat organlari
Ichki hujjatlar
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Ma`lumotlarni oshkor qilish
Kombinat tuzilmasi
Hisobotlar
Biznes-reja
Muhim faktlar
Xabar berish shakli
Investitsion portfeli
Аxborot tahlili – chorak va yillik statistika
Boshqaruv organini mukofotlash to'g'risida ma'lumot
Korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo`yicha xulosa
Rioya qil yoki tushuntir
Affillangan shaxslar ro'yxati
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar va emissiya risolalari
MHXS bo'yicha hisobotlar
Sof foydani taqsimlash
"O‘zmetkombinat" AJ aksiyadorlari to‘g‘risidagi ma’lumot
Audit xulosasi
Aksiyadorlarga
Bizning yutuqlar
Bizning yutuqlar
Malaka oshirish
Reytinglar
Investorlarga
Investitsion jozibadorlik
Investorlar uchun aloqalar
Atrof-muhit va ISTB
E’lon
Axborot xizmati
Axborot xizmati haqida
Yangiliklar
Bizning gazetalar
Bizning gazetalar
"Metallurg minbari" gazetasi
«За металл» gazetasi
Interaktiv xizmatlar
Interaktiv xizmatlar
So`rov
Forum
Savol-javob
Eng ko'p beriladigan savollar
Obuna
Bizning jamoa
Gender tenglik
Aloqalar
Bizning manzil
Bizning rekvizitlar
Rahbarlarning qabul qilish tartibi va jadvali
Xaridorlar uchun kontaktlar
Xomashyo bilan taʼminlovchilar uchun
Aloqaga chiqish
Ishonch telefoni
Yagona telefon faoliyati
Aksiyadorlar uchun
Xorijiy investorlar uchun
Monopoliyaga qarshi komplayens
Raqobat cheklanishi haqida xabar ber
Bosh sahifa / Ishlab chiqarish / Quyuv-prokatlash majmuasi
Oʻzbekiston metallurgiya kombinatining Quyuv-prokatlash majmuasi ishga tushirildi
13.07.2026
13.07.2026
36
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan yangi Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari kombinat jamoasi, mehnat faxriylari va xorijiy hamkorlarni ushbu muhim voqea bilan tabrikladi. Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda kon-metallurgiya sohasini yangi texnologik bosqichga olib chiqish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan oʻn yilda sohaga qariyb 2 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 31 ta yirik ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Xususiy sektorga keng yoʻl ochilgani natijasida tarmoqda faoliyat yuritayotgan korxonalarning soni 150 tadan oshdi. Shu davrda mahalliy metall mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 3 million tonnaga, qiymati esa 23 trillion soʻmga yetdi. Taqqoslash uchun 2016-yilda 1,5 trillion soʻmlik 800 ming tonna mahsulot ishlab chiqarilgan. Ilgari asosan qurilish sohasi uchun metall prokat yetkazib bergan tarmoq bugungi kunda mashinasozlik, elektrotexnika, mudofaa sanoati va energetika kabi tez rivojlanayotgan yoʻnalishlar uchun 80 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Prezidentimiz metallurglar mehnati Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy qiyofasini yaratish, yirik bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish, yalpi ichki mahsulot hajmini 2030-yilga borib, 240 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Kelgusi besh yilda iqtisodiyotga 180 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish, 27 milliard dollarlik ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish, 800 ming xonadonli koʻp qavatli uy-joylar barpo etish rejalashtirilgan. Bunday ulkan marralar metall mahsulotlariga boʻlgan talabni hozirgiga nisbatan 1,5 barobar oshiradi. Shu maʼnoda, 5,5 ming nafardan ziyod ahil va fidoyi mehnat jamoasiga ega Oʻzbekiston metallurgiya kombinatining alohida oʻrni borligi qayd etildi.Yangi Quyuv-prokatlash majmuasi kombinatda energiya tejamkor texnologiyalar va raqamli yechimlarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va mahsulot sifatini oshirishda yangi davrni boshlab beradi. Mazkur majmua mamlakatimizda issiq prokatlangan poʻlat listlar ishlab chiqarish boʻyicha birinchi loyiha sifatida tarixdan joy oladi. Uning ishga tushirilishi natijasida yiliga 8 trillion soʻmlik 1 million tonna issiq prokatlangan poʻlat list ishlab chiqariladi. Toshkent va Samarqand metallurgiya zavodlarining prokat listlarga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qoplanadi. Shuningdek, 1 ming 200 ta yuqori daromadli ish oʻrni yaratiladi. Davlatimiz rahbari majmuani barpo etishda ishtirok etgan quruvchi va muhandislar, texnolog va mashinistlar, ishchi-xodimlar, mehnat faxriylari hamda xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.
Tantanali marosimda Oʻzbekiston metallurgiya kombinatini yanada rivojlantirish boʻyicha kelgusi rejalar ham belgilab berildi. Kombinatning xomashyoga boʻlgan talabini mahalliy resurslar hisobidan taʼminlash eng ustuvor vazifa boʻlishi taʼkidlandi. Mamlakatimiz hududlarida 1,5 milliard tonna temir rudasi zaxirasi mavjud.Yaqin uch-toʻrt yilda “Tebinbuloq” konini ishga tushirish orqali yiliga 1 million tonna poʻlat ishlab chiqarish rejalashtirilgan.“Surun-ota” konidagi maʼdanlarni boyitish natijasida esa yiliga 600 ming tonna temir xomashyosi olish yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu xomashyoni qayta ishlash uchun kombinatda qiymati 180 million dollarlik zamonaviy metallurgiya zavodi qurilishi boshlanadi.Kelgusi uch yilda 30 million dollar investitsiya hisobiga poʻlat sharlar ishlab chiqarish liniyalari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinib, ularning quvvati 250 ming tonnadan 500 ming tonnagacha oshiriladi.
Shuningdek, kombinat hududida “Oʻzbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi.Joriy yilning oʻzida mazkur sanoat parkida katta diametrli quvurlar, koʻtarma kranlar va filtrlash uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha umumiy qiymati 70 million dollar boʻlgan 6 ta loyiha boshlanadi. Ularning amalga oshirilishi natijasida yana 660 ta yuqori daromadli ish oʻrni yaratiladi.Prezidentimiz metallurgiya ogʻir, ammo sharafli soha ekanini taʼkidlab, kombinat ishchi-xodimlarining mashaqqatli va fidoyi mehnati yuksak hurmat hamda tahsinga sazovorligini qayd etdi.Salkam bir asrlik tarixga ega kombinatda ustoz-shogird anʼanasi asosida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilimi, tajribasi va kasbiy salohiyati koʻplab mehnat jamoalari uchun chinakam namuna ekani taʼkidlandi.Shundan soʻng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, Quyuv-prokatlash majmuasi faoliyatiga start berdi.Soha faxriylari, kombinat xodimlari hamda xorijiy hamkorlar bilan muloqot qilindi.


0(0 ovoz) |
||
IJROIYA APPARATI
| O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
| Info@uzbeksteel.uz |
Ishonch telefoni
| +99871 913-16-02 |
ALOQALAR
Sotuv bo`limi:
| +99 890 902 71 02 | |
| +99 871 514 16 94 |
Mijozlar bilan ishlash:
| Info@uzbeksteel.uz |
AXBOROT XIZMATI
| O`zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Sirdaryo ko`chasi |
| Info@uzbeksteel.uz |
Korrupsiyaga qarshi kurash
Huquqbuzarliklar haqida tezkor xabar berish kanallari:
| +99871 514 19 17 | |
| +99890 998 67 20 | |
| Ichki raqam: 17-07 | |
| compliance@uzbeksteel.uz | |
| @UMK_ANTICOR_BOT |
Ma`lumot pasporti
Birinchi chop etilgan sana:
So`ngi o`zgartirilgan sana:
Ma`lumotlar to`plami nomi:
Mas`ul shaxs bilan bog`lanish: