Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Ommaviy tadbirlar

MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URUR, MA’NAVIYAT VA TARAQQIYOT TIMSOLI

13.10.2026 13.10.2026 137

“O‘zmetkombinat” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng yoritishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.
     Seminarni tarix fanlari doktori Ernazarov Fayzullo Narzullayevich hamda falsafa fanlari doktori Ahrorova Shahlo O‘rinboyevna olib bordi.Uchrashuv davomida xalqimizning boy tarixiy merosi, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar va mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha so‘z yuritildi.Ma’ruzachilar inson qadrini ulug‘lash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, bilim va ma’rifatning jamiyat rivojidagi o‘rni hamda milliy qadriyatlarni asrab-avaylashning ahamiyatiga alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti va kelajakdagi maqsadlari xususida fikr almashildi.Seminar davomida mavzuga oid videomateriallar namoyish etilib, xodimlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda Vatan ravnaqi uchun daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga e’tibor qaratildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kombinat jamoasida milliy g‘urur, vatanparvarlik va yurt taraqqiyotiga mas’uliyat hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.

     

   

 

 

 

 

0

(0 ovoz)