Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O‘ZBЕKISTON MЕTALLURGIYA KOMBINATI" AKSIYADORLIK JAMIYATI BOSHQARUV TARKIBIDA O‘ZGARISHLARNI MA'LUM QILADI

18.01.2024 18.01.2024 456

2024-yil 9-yanvar kuni kombinat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor Dilshod Tursunkulovich Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani e'lon qilindi. 2021-yil yanvar oyidan boshlab Dilshod Tursunkulovich Axmedov kombinatning ijrochi direktori sifatida kombinat rivojlanishiga faol hissa qo‘shib keldi, uning tajribasi kombinatning ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalariga asos bo‘ldi.

"O‘zmetkombinat" AJ Dilshod Tursunkulovich Axmedovga amalga oshirilgan ishlar uchun chuqur minnatdorlik bildiradi, O‘zbekiston Respublikasining metallurgiya va qurilish sohasidagi bilimlarini yuqori baholab, yangi lavozimida yanada muvaffaqiyatlar tilaydi. Ishonchimiz komilki, uning yangi tayinlanishi bizga kombinatning muhim loyihalarida hamkorlikni davom ettirishga imkon beradi", - deydi Boshqaruv raisi - Bosh direktor Rashid Xusanovich Pirmatov.

Yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda aksiyadorlarga yaqin vaqt ichida "O‘zmetkombinat" AJ yangi boshqaruv tarkibini ko‘rib chiqish va tasdiqlash taklif etiladi. Bunga Roman Salimovich Garayevni boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazish kiradi. Bu jarayonlarning uzluksizligini ta'minlash va kombinat ichidagi vakolatlarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan.

Ta'kidlash joizki, ushbu o‘zgarishlar "O‘zmetkombinat" AJ Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yaqin kelajakda kerakli tasdiqlar olinishi kutilmoqda.

 

0

(0 ovoz)