Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar /

Futbol akademiyasida "Sumalak party"

15.04.2024 15.04.2024 124

"El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida "Sumalak party" deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

"El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation" bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilari Navro‘z bayrami hamda Ramazon hayitini bahoriy kayfiyatda nishonladilar. Shu kuni bolajonlar tomonidan ijro etilgan go‘zal va serjilo raqslar, milliyligimizni namoyish etadigan chiqishlar barchada katta taassurotlar qoldirdi.

Bayram dasturining alohida mehmonlari — ispaniyalik mehmonlar va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vakillari bo‘lib, ular ham sumalak tayyorlashda ishtirok etishdi va ushbu jarayonning o‘ziga xosligini his etdilar. Tadbirdan bir kun oldin sumalak tayyorlanishi boshlab yuborilgan edi. Sumalak pishirish jarayonida akademiyaning barcha xodimlari bilan bir qatorda o‘quvchilar ham ishtirok etib, milliy taomimiz tayyorlanishida o‘zlarining hissalarini qo‘shishdi.

Tadbir davomida chet ellik mehmonlarning tashrifi bayramga o‘ziga xos mazmun qo‘shdi. Shu kuni ular akademiya bo‘ylab ekskursiya qilishdi. U yerda mehmonlar maktabning dars jarayonlari va o‘quv mashg‘ulotlarining futbol tayyorgarligi bilan qanday mos kelishini ko‘rishdi.

Maktab ma'muriyatining so‘zlariga qaraganda bu kabi tadbirlar mamlakatlarimiz o‘rtasida madaniy va sport aloqalarini o‘rnatish uchun muhim sanaladi. Qolaversa, do‘stona rishtalarni mustahkamlaydi va turli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.


 

0

(0 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda