Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

ENG YAXSHI SHE'RIY ASARLAR TANLOVI

18.04.2024 18.04.2024 342

"O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi munosabati bilan kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida "Kombinat mening madhimda" mavzusida eng yaxshi she'riy asarlar tanlovi e'lon qilinadi.

Tanlovda kombinatning barcha ishchi-xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

"Kombinat mening madhimda" eng yaxshi she'riy asarlar tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob beradigan she'riy asarlar qabul qilinadi:
- She'riy asar "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak;
- She'riy asar tanlov qatnashchisining shaxsiy ijod mahsuli bo‘lishi (tayyor manbalardan olinmagan bo‘lishi) kerak;
- Nazm talablariga muvofiq bo‘lishi kerak;
- Satrlari 12 dan 24 gacha bo‘lishi kerak.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan she'riy asarlar "O‘zmetkombinat" AJning 80 yillik yubileyi tantanalari oldidan kombinatning ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan she'riy asarlar 2024-yil 5-may soat 18:00ga qadar Matbuot xizmatiga – +998909775897 raqamiga (Telegram orqali) yuborilishi lozim.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda quyida ko‘rsatilgan bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
1-o‘rin I darajali diplom 3 000 000 so‘m
2-o‘rin II darajali diplom 2 500 000 so‘m
3-o‘rin III darajali diplom 2 000 000 so‘m

 

1.00

(1 ovoz)