Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

FAXRIY METALLURGLAR E’ZOZDA

14.05.2024 14.05.2024 158

O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni va “O‘zmetkombinat” AJning 80 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Bekobod hududiy filiali tomonidan bayram tadbiri tashkillashtirildi. “Baxt uyi”da bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda kombinatda ko‘p yillar davomida fidokorona ishlagan mehnat faxriylari taklif etildi.

Ularni kasb bayramlari bilan O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi raisi Aleksandr Farmonov, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi - Bosh direktor Rashid Pirmatov, Bekobod shahar hokimi Nasrullo Boboyev, Faxriylar kengashining Bekobod hududiy filiali boshlig‘i Ilhom Qurbonovlar tabriklab o‘zlarining iliq tilaklarini bildirishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tomonidan Qo‘ysinmurod Olimov va Mirzajon Rahimovga “Faol faxriy” ko‘krak nishoni va bir martalik pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Shundan so‘ng “Metallurglar madaniyat saroyi”ning xonandalari tomonidan ijro etilgan go‘zal kuy-qo‘shiqlar va jozibador raqslar taqdim etildi.

O‘z navbatida faxriy metallurglar ham bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand ekanliklarini aytib o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 

5.00

(3 ovoz)



Sayt test rejimida ishlamoqda