Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

E’TIROF

20.11.2024 20.11.2024 15

"O‘zmetkombinat" AJning 80 yilligi munosabati bilan ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida kombinat boshqaruvi tomonidan "Kombinat ravnaqiga hissa qo‘shganligi uchun" ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

O‘tgan davr mobaynida kombinatimizni rivojlantirish yo‘lida munosib mehnat qilgan metallurglar ko‘plab topiladi. Ularning sharafli xizmatlari bois bugun O‘zbekiston metallurgiya kombinati Mamlakatimizning eng yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Bugun ana shunday ishchi-xodimlar har qancha rag‘batlantirishga munosib.

Ayni kunlarda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ko‘plab ishchi-xodimlar fidokorona mehnatlari va kombinatni rivojlantirishdagi qo‘shgan xizmatlari uchun bu ko‘krak nishoni bilan mukofotlanmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Ijroiya apparatining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "O‘zmetkombinat" AJ Boshqaruvi raisi – bosh direktor Dilshod Axmedov kombinatning qurilishi, 80 yillik bosib o‘tgan yo‘li hamda kelajakdagi rejalari haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berib, barcha metallurglarni 80 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. 

Shundan so‘ng kombinatda ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar "Kombinat ravnaqiga hissa qo‘shganligi uchun" I - darajali ko‘krak nishoni bilan kombinatda 35 yildan ortiq mehnat qilgan,  II - darajali ko‘krak nishoni bilan 25 yil korxonamizda faoliyat olib borayotgan va III - darajali ko‘krak nishoni bilan 15 yildan ko‘p ish staji ega bo‘lgan ishchi-xodimlar tantanali ravishda mukofot bilan taqdirlanishdi.
                

 

0

(0 ovoz)