Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

"ENG YAXSHI YOSH DASTURCHI" TANLOVI O‘TKAZILADI

23.10.2024 23.10.2024 1852

Tanlov "O‘zmetkombinat" AJ tarkibiy bo‘linmalarida ishlayotgan, 35 yoshdan oshmagan, ma’lumotidan shuningdek, egallab turgan lavozimi yoki kasbidan qat’iy nazar dasturlash sohasiga qiziqadigan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi. 
Tanlovda ishtirok etishni istagan ishtirokchilar o‘z talabnomalarini 2024-yil 25-oktabr kuni soat 17:00ga qadar kombinat yoshlar yetakchilar Kengashiga topshirishlari lozim.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi va barcha ishtirokchilar har ikkala bosqichda qatnashadilar. 
Har ikkala bosqichlar 2024-yilning 29-oktabr kuni soat 10-00da kombinat Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida o‘tkaziladi.
Tanlovda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi kombinat rahbariyati tomonidan quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

I-o‘rin uchun 10.000.000 so‘m
II-o‘rin uchun 7.000.000 so‘m
III-o‘rin uchun 5.000.000 so‘m

 

5.00

(1 ovoz)