Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Ishlab chiqarish / Mahalliylashtirish dasturi

Mahalliylashtirish bo‘yicha kombinatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

26.11.2024 26.11.2024 2343

2024-yil mahalliylashtirish dasturi

     “O‘zmetkombinat” AJ da 2024-yilda umumiy qiymati 940,1 mlrd. so‘m bo‘lgan 38 ta loyiha bo‘yicha mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan, shu jumladan:

     Joriy yilda mahalliylashtirish dasturinig yangi loyihalar bo‘yicha qiymati 899,7 mlrd. so‘mlik 32 ta loyiha o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Kengaytirilgan loyihalar bo‘yicha prognoz, qiymati 40,4 mlrd. so‘mlik 6 ta loyihani tashkil etmoqda.

Shu jumladan:

- Asbob-uskuna bo‘yicha jami 1 ta loyiha, 1,1 mlrd. so‘mlik,

            - Butlovchi va ehtiyot qismlar 14 ta loyiha, 21,4 mlrd. so‘mlik,

            - kon-metallurgiya uchun kimyoviy va boshqa mahsulotlar 1 ta loyiha, 28,9 mlrd. so‘mlik,

            - tayyor mahsulot 17 ta, 888,7 mlrd. so‘mlik  loyiha amalga oshirildi.

Mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish kombinatning quyidagi bo‘linmalarida amalga oshiriladi

- Navli prokatlash bo‘linmasi

- Zoldir porokatlash bo‘linmasi

- Metall konstruktsiyalar bo‘linmasi

- Quyuv-mexanika bo‘linmasi

- Mexanika-ta’mirlash bo‘linmasi

- Tajriba konstruktorlik laboratoriyasi

- Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasi

     2024-yil yanvar-oktabr oylarida  mahalliylashtirish  dasturiga  muvofiq  37 ta loyiha doirasida 832,6 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib rejaga nisbatan 100,8 foizga bajarildi.

   Kombinatda  yanvar-noyabr oylarida mahalliylashtirilayotgan 38 turdagi qiymati 883,3 mlrd. so‘m mahsulotlar ishlab chiqarilib rejaga nisbatan
101,0 foizga bajarilishi rejalashtirilmoqda.

So‘ngi davrlarda mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha erishlshagan yuqori natijalar.

Bulardan: Navoiy kon-metallurigiya korxonasi uchun og‘irligi 18,5/36/40/45/50/60/ tonna bo‘lgan yanchish tegirmonining tushurgichli va yuklagichli sapfalari.

 

5.00

(5 ovoz)