Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘ZBEKISTONDA «ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN FAOLLIK» TADBIRI.

04.12.2024 04.12.2024 392

      

   Ushbu tadbirlarning maqsadi — mavjud muammolarni tahlil qilish, bu borada keng jamoatchilik vakillari, mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar va boshqa shu sohaga aloqador insonlar fikrini o‘rganish, davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilash, inson huquqlarini ta’minlash yo‘lida barchani birlashtirishdan iboratdir. “O‘zmetkombinat” AJning Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasida va kombinat ijroiya apparati majlislar zalida ham «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlari doirasida xotin-qizlar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda kombinat ayollar kengashi raisi Marhabo Xoliqova, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nigora Ataxanova so‘zga chiqib, qisqa muddatda amalga oshirilgan ishlar va bugungi natijalarimiz — bu borada qilinishi zarur bo‘lgan haqiqiy faoliyatga dastlabki qadam ekanligi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Qolaversa, suhbat davomida bu yo‘nalishda hali muammolar yetarlicha ekanligi, buning uchun barcha mas’ul bo‘lish darkorligi ta’kidlandi.
   Haqiqatdan butun jamiyatimiz zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun yagona kuchga aylanishi kerak. Befarq bo‘lmaslik, zo‘ravonlik aniqlanishi va to‘xtatilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish orqali barbod bo‘lgan taqdirlar, yo‘qolgan umidlarga najot berishimiz mumkin.
   Bu kabi tadbirlar kombinatimizning boshqa tarkibiy bo‘limlarida ham o‘tkazilmoqda.

 

0

(0 ovoz)