Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SERTIFIKAT BILAN TAQDIRLANISHDI

14.12.2024 14.12.2024 1613

 

 Joriy yilning 10, 11 va 12-dekabr kunlari Komplayens xizmati boshlig‘i To‘lqin Xojiyev va Komplayens - xizmati menejeri Xayrulla Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlarini raqobat siyosati bo‘yicha o‘qitish va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv kursida qatnashishdi.  Kurs davomida ular O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida” Qonuni va uning maqsadlari, Raqobatni iqtisodiyot uchun muhimligi yo‘nalishida malakalarini oshirdilar. O‘quv kursi dasturini yaxshi o‘zlashtirgan hamkasblarimiz test sinov imtihonlarini a’lo baholarga topshirishib O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sertifikatini qo‘lga kiritishdi.

   Ushbu yuksak yutuq bilan Komplayens xizmati boshlig‘i To‘lqin Xojiyev va Komplayens xizmati menejeri Xayrulla Fayziyevlarni muborakbod etamiz va barcha egallagan bilim hamda ko‘nikmalarini Kombinatimiz ravnaqi yo‘lida o‘z xizmat faoliyatlarida tadbiq etishlarini tilaymiz.

 

0

(0 ovoz)