Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

O‘Z KASBINING USTASI.

29.01.2025 29.01.2025 192

   Kombinatimiz yashil bog‘larida, har xil manzarali  daraxtlarini ekish va o‘stirishda, gazonlarining chiroyli bo‘lib turishida bu insonning mehnati kattadir. 
   Abduvahob aka har bir daraxtga chiroyli shakl berish va ularni avaylab parvarish qilishni shogirdlariga o‘rgatib kelmoqda. U o‘z yurtini, ona tabiatni sevib ardoqlaydigan, buni o‘z shogirdlariga ham o‘rgatib kelayotgan o‘z kasbining ustasidir. Abduvahob Aliqulov 1985-yili harbiy xizmatdan so‘ng Toshkent Avtomobil transporti va avtomobil yo‘llari muhandislari institutiga o‘qishga kirib, 1990-yili oliygohni muvaffaqiyatli tugatdi. Bekobod shahar avtokorxonasida, keyinchalik Bekobod tumanidagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalari” korxonasida muhandis bo‘lib ishladi. 2010-yilda “O‘zmetkombinat” AJda ish boshladi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish sexida usta, keyinchalik boshliq o‘rinbosari, bosh mexanik lavozimlarida ishlagan.
   Hozirgi vaqtga kelib, Abduvahob aka Klining xizmatida ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi ustasi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ustoz sifatida ko‘plab shogirdlar tayyorlab berdi. Kombinatimiz rahbariyati tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.
U umr yo‘ldoshi Zamira opa bilan 4 nafar farzandini el-yurtiga fidokorona xizmat qiladigan insonlar etib tarbiyaladi. Endilikda uch o‘g‘il turli davlat korxonalarida mehnat qilishmoqda. Katta farzandi harbiy qismda zobit, kichik o‘g‘li muhandis. U Navli prokatlash bo‘linmasida ishlaydi.  Yana bir o‘g‘li Toshkent shahrida bank xodimi. Yaqinda Abduvahob aka tabarruk 60 yoshni qarshi oldi. Uni hamkasblari, shogirdlari hamda  jamoamiz nomidan muborak yoshi bilan tabriklaymiz.  

 

Xurshid VALIBEKOV, Klining xizmati ishchisi.

 

5.00

(2 ovoz)