Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

AJDODLARIMIZ MEROSI – BEQIYoS MA’NAVIY XAZINADIR.

07.02.2025 07.02.2025 142

   BUYUK SHOIR VA MUTAFAKKIR Nizomiddin Mir Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan. Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini to‘rt faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

   Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan “Xa- zoyin ul-maoniy” devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga “G‘aroyib us-sig‘ar” (“Bolalik g‘aroyibotlari”), ikkinchi qismiga “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik nodirotlari”), uchinchi qismiga “Badoe’ ul-vasat” (“O‘rta yosh badialari”) va nihoyat, to‘rtinchi qismiga “Favoyid ul-kibar” (“Keksalik foydalari”) degan nomlar berildi.

   Alisher Navoiy butun ijodi davomida turli janr va yo‘nalishlarda salmoqli ijod qilgan. Nasrda ham, nazmda ham yetuk asarlar yaratgan. Nasrda Navoiy asosan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy va ilmiy-falsafiy, iqtisodiy yo‘nalishlarda qalam tebratgan.

  1483-1485-yillar Navoiy o‘z ichiga besh dostonni olgan “Xamsa” asarini yaratgan: “Hayrat ul-Abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” (“Yetti sayyora”), “Saddi Iskandariy” (“Iskandar devori”).
  52 ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi.

  Alisher Navoiy Xuroson davlatida bosh vazir, katta mulk egasi bo‘lgan. Alisher Navoiy shaxsiy daromadini masjidlar, madrasalar, ko‘priklar qurishga sarflagan. O‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan. Shuningdek, boyligini miskinlarga yemak va kiyim-bosh berishga, qobiliyatli kishilarni qo‘llab-quvvatlashga, boringki, el-yurt ishlariga ko‘p sarflagan ekan.

  Xalqimiz bu buyuk ajdodimizni “Agar biz Hazrat Navoiyni shoir desak, ul zot shoirlar shoiri, agar mutafakkir desak, mutafakkirlar mutafakkiri, agar avliyo desak, avliyolarning avliyosidir”, deb ulug‘lab keladi.

 

5.00

(1 ovoz)