Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

YOSH MUTAXASSISLAR KOMBINATNING BUGUNI VA KELAJAGI

11.02.2025 11.02.2025 1861

   Korxonamizda ishchi-xodimlarning 1100 dan ortig‘ini yosh kadrlar tashkil etadi. Ular turli sohalarda mehnat qilib kombinatning rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

   Aziz Berdiyevning Rangli metallar ishlab chiqarish bo‘linmasida mehnat qilayotganiga 13-yildan oshdi. U dastlab, mahsulot o‘rovchi, keyinchalik esa pechda metallarni erituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ustozi Mahmud Karimovdan o‘rgangan kasb sirlarini ishda qo‘llagan holda malakali yosh kadrlardan biriga aylandi. U  kombinatda o‘tkazib kelinayotgan spartakiadalarda ham qatnashib, yaxshi natijalarni ko‘rsatib kelmoqda.

  Albatta yoshlik bu umidlar, kashfiyotlar, cheksiz g‘ayrat-shijoat, ulkan rejalar tuzish va ularni amalga oshirish davridir. “O‘zmetkombinat” AJda esa ana shunday yosh mutaxassislar ko‘plab topiladi va umid qilamizki ular kombinatimizni yanada taraqqiy etishida o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishda davom etishadi.

 

5.00

(1 ovoz)