Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

YANGILANISH VA YASHARISH BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!

21.03.2025 21.03.2025 147

 

 Hurmatli metallurglar, ishlab chiqarish faxriylari!

 Sizlarni yangilanish va yasharish bayrami, sharqona yangi yil – Navro‘z bilan kombinat boshqaruvi va shaxsan o‘z nomimdan chin qalbimdan tabriklayman!

 Navro‘z xalqimizning do‘stlik va mehr-oqibat, hamjihatlik ramziga ega bo‘lgan insonparvarlik bayrami. Navro‘z – tabiat uyg‘onishining timsoli, insoniylik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro yordam, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadi.

 Butun O‘zbekistonda bo‘lgani kabi kombinatimizda ham Navro‘z alohida ehtirom va shodlik bilan nishonlanmoqda.

Bu kunlarda insonlarga mehr ko‘rsatish, keksalarni ziyorat qilish, muhtojlarga yordam berish, xayriya tadbirlarini tashkil etish an’anaga aylangan. Korxonamizda ana shunday xayrli an’analar bardavom.

2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilingan. Yilimizga berilgan bu nom inson va tabiat uyg‘unligini ifodalovchi Navro‘z bayrami bilan hamohangdir. Bu shunchaki shior emas, balki mamlakatimizda jumladan kombinatimizda ham biz intilayotgan taraqqiyotning aniq yo‘nalishi. Zamonaviy ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, energiya samaradorligini oshirish, zararli chiqindilarni kamaytirish va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish – bularning barchasi faoliyatimizning ajralmas qismi.

Navro‘z inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tibor yaqqol o‘z ifodasini topishini aks ettiradigan bayramdir. Bizning vazifamiz nafaqat asrlar mobaynida saqlanib kelinayotgan bunday an’analarni asrab-avaylash, balki kelajak avlodlarimizga musaffo va obod zaminni qoldirishdir.

Aziz do‘stlar! Bu bahor sizlarga quvonch, baxt-saodat olib kelsin! Oilangizda doimo tinchlik-xotirjamlik, farovonlik hukm sursin! Ishingizdagi muvaffaqiyatlar bizni yangi marralar sari chorlasin! Sizlarga sihat-salomatlik, omad, to‘kin dasturxon va barcha ezgu orzularingiz amalga oshishini tilayman!

Dilshod AXMEDOV, “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktor.

 

5.00

(1 ovoz)