Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI DAVOM ETMOQDA

08.04.2025 08.04.2025 143

 
Shu sabab bo‘lsa kerak, ustoz-shogirdlik an’analari ko‘plab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida qo‘llanilib kelinadi.
Jumladan, “O‘zmetkombinat” AJning tarkibiy bo‘linmalarida ish faoliyatini olib borayotgan metallurglar ham kasb sirlarini o‘rgatishda namuna korxonalardan hisoblanadi. 
 Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasining  Asbobsozlik ta’mirlash uchastkasida 42 yildan buyon parmalovchi bo‘lib mehnat qilib kelayotgan Muhammad Sultonov ko‘plab shogirdlar yetishtirib kelmoqda. 
O‘g‘iloy Erkaboyeva mana besh yildirki ustozidan soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni olib buyurtmachilarga turli ehtiyot qisimlar yasab kelmoqda. 
O‘g‘iloy Erkaboyevaning so‘zlariga qaraganda, - shogird ustoz boshchiligida bilim yoki hunar o‘rganayotgan muddatda uning har bir harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qo‘yish, qaysi tomonga ko‘proq e’tibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi. Odatda ustoz ba’zan hunarning har barcha sirlarni ham aytavermaydi, balki amalda ko‘rsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab ko‘rmoqchidir? Shu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan shogird kelajakda tajribali mutaxassisga aylanishi shubhasiz. 
- Men ham ustozimdan kasb sir-asrorlarini o‘rganib kombinatga o‘z mehnatim bilan foyda keltirmoqdaman.

 

0

(0 ovoz)