Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TAJRIBALI TEPLOVOZ MASHINISTI

08.04.2025 08.04.2025 163

 

 Poyezdning jo‘nash joyidan to belgilangan manziligacha xavfsiz va samarali harakatlanishini ta’minlash teplovoz mashinistining asosiy vazifasi hisoblanadi.
A’zam Yuldashev 2008 dan buyon Temir yo‘l xizmatida mehnat qilib kelmoqda. U dastlab, vagonda yuk tushiruvchi, 2011-yilda poyezd tuzuvchi, mashinist yordamchisi, 2019-yildan boshlab esa teplovoz mashinisti vazifasida ishlab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ustozlari Mashrab Turonov, Axmadjon To‘ychiyevlardan kasb sirlarini o‘rganib, hozirda tajribali teplovoz mashinistiga aylangan. Uning asosiy ish vazifasi tayyor mahsulotlarni vagonlarda Bekobod temir yo‘l stansiyasiga elitish va u yerdan kombinatning xom ashyosi hisoblangan temir-tersak parchalarini korxonaga olib kirishdan iborat. 

A. Yuldashev ish boshlashidan avval, teplovozga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kichik texnik ishlarni bajaradi, masalan, mahsulotlarni jo‘natishdan oldin uning texnik holatini tekshirish, harakat jadvaliga rioya qilish, tezlikni boshqarish va zarur bo‘lganda oraliq to‘xtashlarni ham amalga oshiradi. Yana bir muhim jihat, teplovoz mashinisti dispetcherlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi, yo‘llar, xavfsizlik qoidalari va me’yorlariga qat’iy rioya qiladi. 

Bir so‘z bilan aytganda, Temir yo‘l xizmati ahil jamoasi o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga sidqidildan yondashib, yuklarni manzillariga betalofat yetkazishda reja-topshiriqlarni munosib bajarib kelishmoqda.

 

0

(0 ovoz)