Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

9-aprel – Amir Temur tavallud topgan kun!

09.04.2025 09.04.2025 155

Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.

Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuzuklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi.
Atoqli rus olimi D. Logofet “Temur tuzuklari”ga Turkistonda Yevropadan 500 yillar oldin vujudga kelgan Konstitutsiyaviy kodeks, boshqacha aytganda, Amir Temur saltanatining Konstitutsiyasi, deb yuksak baho bergan.

27 mamlakatdan tarkib topgan buyuk saltanat asoschisi Sohibqiron Amir Temur ibn Tarag‘ay yirik davlat arbobi, mohir diplomat, ulug‘" sarkarda, ilm-u madaniyat homiysi, haq va adolatning jasoratli yalovbardori sifatida milliy davlatchilikda, huquq va siyosat sohasida o‘zidan unutilmas va barhayot ta’limotlar qoldirgan.

 

0

(0 ovoz)