Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MALAKA OSHIRISH KURSI TASHKIL ETILDI

09.04.2025 11.04.2025 190

  

2025-yil 7-aprelidan 11-apreligacha “O‘zmetkombinat” AJning Xodimlar malakasini baholash, o‘qitish va rivojlantirish boshqarmasida navbatdagi malaka oshirish kursi tashkil etildi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasi “Kontexnazorat o‘quv” DM mutaxassisi “Sanoat xavfsizligi” mavzusi bo‘yicha kombinat xodimlarining bilim va ko‘nikmalari oshirmoqda. 
O‘quv kursi davomida sanoat xavfsizligining umumiy talablari, lavozim yo‘riqnomalari, avariyani lokalizatsiya va likvidatsiya qilish rejalari, avariyaga qarshi tizimlar va rejimlar, texnik xavfsizlik vositalarining tuzilishi va ishlatish prinsiplari, qurilmalar, himoya vositalari va nazorat o‘lchov asboblarining tuzilishi, ularni harakatga keltirish va ulardan foydalanish kabi mavzularda ma’lumotlar berilib o‘qitilmoqda. 
E’tiborlisi, ushbu kurs xodimlarning tajribasini oshirish bilan bir qatorda, noxush holatlarni oldini olish va muvaffaqiyatli faoliyat uchun zarur bo‘lgan barcha bilim va ko‘nikmalarni beradi.

 

0

(0 ovoz)