Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Biz haqimizda / Bizning faxrimiz

O‘Z KASBIGA SODIQ INSON

11.04.2025 11.04.2025 65

 

“O‘zmetkombinat” AJda ko‘p yillardan beri mehnat qilib kelayotgan malakali ishchi-xodimlar anchaginani tashkil etadi. Ular o‘zlarining ko‘p yillik tajribalari orqali hamkasblari orasida hurmat qozongan. Qolaversa, ular yillar davomida to‘plagan tajribalarini amalda qo‘llab, boshqalarga namuna bo‘lib kelishmoqda. 
Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika boshqarmasining yong‘inga qarshi avtomatika tizimlari bo‘yicha yetakchi muhandisi Bahodir Safarov  ana shundan kasbiga sodiq xodimlardan biri sanaladi. 
U 2013-yil  Toshkent Davlat texnika universitetining nanotexnologiya mutaxassisligi bo‘yicha diplomini olgandan so‘ng “O‘zmetkombinat” AJning NO‘A va A boshqarmasida elektromontyor sifatida ish boshladi. Keyinchalik muhandis, uchastka ustasi va hozirgi kunda yetakchi muhandis lavozimida ishlab kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida ustozi Bahodir  Abdullayevdan olgan ko‘nikmalari sababli hamkasblari orasida o‘z hurmatiga ega bo‘lib kelmoqda. 

Albatta inson yuksaklikka intilgani sari barkamollashib boraveradi, barkamol inson esa hamisha yurt uchun, uni rivojlanishi uchun ko‘plab ishlarni amalga oshiradi. Qahramonimizning ham niyati o‘z kasbiga sodiq qolgan holda kelajakda ustozi singari ko‘plab shogirdlarni yetishtirib chiqarishdir.

 

 

0

(0 ovoz)