Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

TIBBIY MUHANDISLIK BRIGADASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

14.04.2025 14.04.2025 103

   

Joriy yilning 11-aprel kuni Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi yig‘inlar zalida tibbiy muhandislik brigadasi tomonidan jadval bo‘yicha Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullikda nazorat tekshiruv ishlari yakuni bo‘yicha yig‘ilish  o‘tkazildi. 
Ushbu nazorat tekshiruvining  maqsadi bo‘yicha Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik rahbar va xodimlari bilan ochiq suhbat o‘tkazildi. Unda sanoat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, kasbiy salomatlik faoliyati bo‘yicha fikrlar bildirildi va bir qancha savollar ko‘rib chiqildi. 

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamenti, Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Toshmatova, "Metallurg" nomli shahar shifoxonasidan O‘g‘iloy Baratova, shifokor Nigora Babayeva, Ovqatlanish kombinati boshlig‘i Marhabo Xoliqova, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakili Yusuf Gaibnazarov, Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik vakillari o‘zlarining sohalaridan kelib chiqqan xolda ma’lumotlarini berib o‘tishdi. 

Ta’kidlash kerakki, tibbiy muhandislik brigadasining asosiy maqsadlari kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish,  tibbiy yordam sifatini oshirish, umumiy va kasbiy kasalliklarning hamda ishlab chiqarish jarohatlarini oldini olishdan iborat. 

Tibbiy tekshiruv natijalari yakuni bo‘yicha yig‘ilishda  Idoraviy harbiylashtirilgan qorovullik ishchilarining sog‘ligi hamda  sanoat xavfsizligi,  mehnat muhofazasi, sanitariya holati bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlar tinglandi va kelgusida komissiya tomonidan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida  ko‘rsatilgan taklif hamda talablari  bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilandi.

 

0

(0 ovoz)