Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

HAR SOHANING O‘Z USTOZI, O‘Z USTASI BOR

15.04.2025 15.04.2025 94

Zamonaviy jamiyatda har bir insonning mehnat yo‘li uning qilgan ishiga va o‘zi ishlayotgan korxonaga foyda keltirishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu yo‘lda harakat qilayotgan barcha sohadagi shaxsning o‘ziga xos o‘rnini shakllantiradi, malakasini oshiradi va taraqqiyotini ta’minlaydi. 
Enver Ramazanov ham o‘z yo‘lini topishda va kasbini to‘g‘ri tanlashda anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. 
U dastlab, 1994-yil “O‘zmetkombinat” AJning Qurilish montaj bo‘linmasida duradgor-betonchi bo‘lib ishladi. Keyinchalik oldinga qarab intilib, 2000- yil tajriba konstruktorlik laboratoriyasiga mexanika ishlari slesari bo‘lib ishga qabul qilindi. O‘tgan davr mobaynida ustozi Ramazon Hamroyevdan kasbga oid bilimlarini oshirib, tajribali ishchiga aylandi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bunday mutaxassislarga  kommunal xo‘jalikdan tortib, yuqori texnologik korxonalar, shu jumladan, sanoat korxonalarigacha bo‘lgan turli sohalarda talab bor. Ularning vazifalari chizmalar yordamida kerakli ishlarni bajarib , buyurtmachilarning talabini qondirishdir.

Qahramonimiz ham faoliyati davomida hamisha ishiga mas’uliyat bilan qarab, boshqalarga ibrat bo‘lib kelmoqda. Uning fikricha, har bir inson ishiga jiddiy yondashsa, tayyorlayotgan mahsuloti yoki unga ishonch bilan topshirilgan vazifasi muvaffaqiyatli chiqadi. Shu bilan birga ishga qabul qilinayotgan yosh kadrlarga maslahati bitta. U ham bo‘lsa halol mehnat qilib, jamoa orasida hurmat qozonib kelajakda o‘z ishining yetuk mutaxassisi bo‘lish.

 

0

(0 ovoz)