Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Ommaviy tadbirlar

“SALOMATLIK KUNI” SPORT MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

16.04.2025 16.04.2025 72

   

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, o‘quvchi yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida 15-aprel kuni Bekobod shahar Politexnikumida “Salomatlik kuni” sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirni Bekobod shahar xokimi Nasrullo Boboyev ochib, barcha o‘quvchi yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng Bekobod shahar Politexnikum direktori Jahongir Dushaboyev o‘g‘il-qizlarga omad tilagan holda musobaqaga start berdi. 

Albatta bu kabi sport tadbirlari nafaqat jismoniy salomatlik garovi, balki insonning ruhiyati va kayfiyatini ko‘taruvchi, kunni yangi kuch-quvvat va ishtiyoq bilan boshlashga turtki beruvchi muhim vosita. Bu, shubhasiz, oiladagi xotirjamlik, o‘qish jarayonidagi yangi yondashuv va qiziqishlar, mehnat jamoalarida esa foydali ish koeffitsiyentining keskin oshishida ham o‘z aksini topadi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar milliy kurash, 100 metrga yugurish, futbol, voleybol, arg‘imchoqda sakrash, arqon tortish, turnikka tortilish, stol tennisi, milliy o‘yinlar kabi, musobaqalarda o‘zlarining jismoniy kuchlarini yana bir karra sinovdan o‘tkazishdi. 

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrinli o‘rinlarni egallagan yoshlarga homiylar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

 

 

0

(0 ovoz)