Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

XAVFSIZLIKKA E’TIBOR – ISHONCHLI MEHNATNING GAROVI 

28.04.2025 28.04.2025 167

 

 Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamentining kirish yo‘riqnomasi o‘tkaziladigan o‘quv zalida axborot-tushuntirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda kombinatning turli bo‘linmalaridan mehnat muhofazasi muhandislari va mutaxassislari ishtirok etishdi. 
Tadbirda asosiy e’tibor normativ-huquqiy hujjatlardagi dolzarb o‘zgarishlarga, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasbiy kasalliklarning va jarohatlanish holatlarining oldini olish masalalariga qaratildi. Shuningdek, xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi. 
Sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Gulmira Tashmatova mehnat muhofazasi sohasida tizimli yondashuvning ahamiyati, favqulodda holatlarning o‘z vaqtida oldini olish va har bir ish joyida xavfsiz mehnat muhitini yaratish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

0

(0 ovoz)