Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KASBIM FAXRIM

02.07.2025 02.07.2025 86

      
—"Har bir insonning hayotida muhim o‘rin tutadigan tanlovlardan biri – kasb tanlashdir. Kimdir bolalik orzusiga ergashib, kimdir hayotdagi talab va ehtiyojlarga qarab o‘z yo‘lini tanlaydi. Men esa faxr ila ayta olaman: metallurg kasbini tanlashim nafaqat to‘g‘ri qaror, balki mening orzularimni ro‘yobga chiqaruvchi yo‘l bo‘ldi".
“O‘zmetkombinat” AJning Ferroqotishmalar ishlab chiqarish bo‘linmasida operator vazifasida mehnat qilib kelayotgan Ixtiyor Hojiboyev o‘z kasbi bilan faxrlanadi. U Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetini tamomlaganidan so‘ng 2017-yil ishga qabul qilindi va hozirgi kunda yosh mutaxassislardan biriga aylandi. 
Metallurgiya — sanoatning tayanchi, iqtisodiy taraqqiyotning muhimi sanaladi. Bu sohada ishlash katta mas’uliyat, chuqur bilim va doimiy rivojlanishni talab etadi. Bir qarashda og‘ir va murakkab tuyulsa-da, bu kasb orqali mamlakatimiz sanoatiga, iqtisodiyotiga hissa qo‘shish, nafaqat shaxsiy, balki jamoaviy iftixor manbaiga aylanadi. I. Hojiboyev amaliy ko‘nikmalarni ustozi Begali Xolmurodovdan olib kasb sirlarini o‘rgandi. 
- “Metallurg bo‘lish — bu faqatgina metallni qayta ishlash emas, balki tinimsiz mehnat, intizom, jamoada ishlash qobiliyati va o‘z ishiga bo‘lgan sadoqat demakdir. Men shu kasb orqali o‘zimni topdim, maqsadlarimni belgiladim va kelajakda yurtimga yanada katta xizmat qilish niyatim bor”. 
Ha, qahramonimiz kelajakda o‘zi uchun ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Umid qilamizki, shu kabi yoshlarimiz orzulari sari intilib mamlakatimizni rivojlantirishda o‘zlarini munosib hissalarini qo‘shishadi

 

 

0

(0 ovoz)