Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

YAXSHI NATIJALARGA ERISHILDI

23.07.2025 23.07.2025 106

  

Temir yo‘l xizmati kombinat ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Ular zimmalariga yuklangan vazifalarini o‘z vaqtida bajarib kelishmoqda.

Joriy yilning yarim yilligida Temir yo‘l xizmati tomonidan 3,92 mln. tonna yuk tashildi.
Bu jarayonning barcha ishtirokchilari o‘rtasida ishni to‘g‘ri tashkil etmasdan bunday natijalarga erishib bo‘lmaydi. Lokomotivlar deyarli jadvalga to‘liq mos ravishda 26780 soat ishladilar. Temir yo‘l kranlari 2433,7 soat ishlashni ta’minladi.

Texnikalarning holati ham erishilayotgan muvaffaqiyatlarda muhim rol o‘ynaydi. O‘tgan olti oyda 172 ta harakatdagi tarkib, 26,12 km. temir yo‘l joriy ta’mirlandi, shu jumladan kranlar va moslamalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatildi. Bu nafaqat ishning to‘xtab qolishining oldini olish, balki barcha sohalarda xavfsizlikni kafolatlash imkonini beradi.

Quyuv-prokatlash majmuasi qurilishi doirasida Temir yo‘l xizmati montyorlari tomonidan 4 dona strelka bilan ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha surib qo‘ygich qo‘yilgan holda 980,5 p.m. hajmda ichki yangi temir yo‘l bunyod etildi.
Temir yo‘l xizmati energoresurslarni tejashda ham ajoyib natijalarga erishdi. Elektr energiyasi iste’moli 264,345 ming kVt/soat o‘rniga atigi 73,745 ming kVt soatni tashkil etdi. 8,08 tn. dizel yoqilg‘isi tejaldi.

Bu natijalarga erishishda texnikalardan oqilona foydalanish, smenalarda ishning oqilona tashkil etilishi va resurslardan unumli foydalanish muhim omillardan bo‘ldi.

 

 

0

(0 ovoz)