Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

KORRUPSIYAGА YOʻL QOʻYMАYLIK!

02.10.2025 02.10.2025 29

Аziz kombinatimiz ishchi-xodimlari!

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida barcha sohalarda shaffoflik, adolat tamoyillari asosida faoliyat yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Qonun ustuvorligini taʼminlash davlatimiz siyosatida muhim yoʻnalishlardan biriga aylangan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal surʼatlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida har bir insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib kelmoqda.

Korrupsiya bor joyda haqiqat va adolatga, hech qaysi bir sohaning rivojlanishiga, oldimizga qoʻygan maqsadimizga erisha olmaymiz. Bu illat qonunning qoʻpol ravishda buzilishidir.

Korrupsiya – bu nafaqat qonunbuzarlik, balki ishonchga xiyonat, adolatga, mehnatga, halollikka qarshi qilingan jinoyatdir. U har qanday tashkilotning rivojiga jiddiy toʻsiq boʻladi, jamoa ruhiyatini zaiflashtiradi.

Bu xavfli illat Kombinatning ichki muhitiga putur yetkazadi, jamoa orasida ishonchni yoʻqotadi va eng yomoni, korxonaning uzoq muddatli rivojiga salbiy taʻsir koʻrsatadi. U halol ishlayotgan xodimlarning haqqini yemiradi. Korxona obroʻsini pasaytirib, mijozlar va hamkorlar, investorlar bilan munosabatga putur yetkazadi. Bu esa iqtisodiy yoʻqotishlarga olib keladi.

Kombinatimizda korrupsiyaga oʻrin boʻlishi mumkin emas. Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, texnologik jarayonlar, moliyaviy hisob-kitoblar va kadrlar siyosati – bularning barchasi shaffoflik va halollik tamoyillari asosida boshqarilishi shart.

Biz nafaqat yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, balki halol mehnat orqali Jamiyatimizda munosib oʻrnimizni egallashni maqsad qilganmiz.

Qadrli metallurglar!

Korrupsiyaga qarshi kurash faqat huquq-tartibot idoralari xodimlarining emas, hammamizning umumiy burchimiz, fuqarolik masʼuliyatimiz va insonparvarlik qarzimizdir.

Men, Kombinat rahbari sifatida, Sizlarni halol, pok vijdonli va adolatli mehnat qilishga, har qanday shubhali harakatlardan uzoq boʻlishga, oʻz huquq va majburiyatlaringizni aniq anglab yetishga chaqiraman. Аgar Sizga shubhali holatlar maʼlum boʻlsa, darhol belgilangan tartibda bu haqda xabar bering. Bundan qoʻrqmang, chunki “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun bu borada toʻliq huquqiy himoyani kafolatlaydi.

Korrupsiya – mamlakatning, Jamiyatning, halol mehnatning eng katta dushmani.

Biz faqat shaffof va adolatli muhitdagina chinakam taraqqiyotga erishishimiz mumkin. Mehnatimiz, bilim va saʼy-harakatimiz bilan ishonchli, korrupsiyadan holi va shaffof faoliyat yuritadigan Kombinatni barpo etamiz.

Kelajagimiz, farzandlarimizning baxtli hayoti va Korxonamiz obroʻsi uchun halol, pok, masʼuliyatli boʻlaylik!

 

Bahodir Аbdullaev

“Oʻzmetkombinat” АJ

Boshqaruv raisi – Bosh direktori

 

5.00

(1 ovoz)