Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” delegatsiyasi Société Générale vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

06.10.2025 07.10.2025 231

Ayni damda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi -  Bosh direktor  Bahodir Abdullayev Londonda xizmat safari doirasida Yevropaning yetakchi moliya institutlaridan biri Société Générale banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda xalqaro moliyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, yevroobligatsiyalar chiqarish, kredit liniyalarini ochish hamda xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlari muhokama etildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va strategik moliyaviy sheriklikni rivojlantirishga qiziqish bildirishdi.

Ma’lumot uchun, Société Générale Yevropaning eng yirik va nufuzli moliya guruhlaridan biri bo‘lib, 1864-yilda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan bank 60 dan ortiq davlatda faoliyat yuritadi hamda korporativ, investitsiya va chakana bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Kompaniya xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzi va ko‘p yillik tajribasi bilan dunyodagi eng ishonchli moliyaviy institutlardan biri sifatida tanilgan.
 

   

 
 

3.83

(6 ovoz)