Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

"O'zmetkombinat" AJda yangi tayinlov!

07.10.2025 07.10.2025 525

Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi direktori lavozimiga Normatov Baxtiyor Baxromdjanovich tayinlandi.

Baxtiyor Baxromdjanovich 2012-yildan buyon inson resurslarini boshqarish sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘z mehnat yo‘lini "GM Uzbekistan" AJda kadrlarni tanlash va moslashtirish bo‘yicha muhandis sifatida ish boshlagan. Keyinchalik ushbu kompaniyada bo‘lim boshlig‘i darajasiga yetdi.

Shuningdek, u "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAKda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, "O‘zsanoatqurilishbank" ATBda HR-menejer lavozimida ishlagan va inson resurslari sohasida katta tajriba to‘plagan.

2019-yildan e’tiboran Normatov Baxtiyor Baxromdjanovich "Toshkent metallurgiya zavodi" MCHJda turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan bo‘lib, 2021–2025-yillarda Xodimlar bo‘yicha direktor sifatida mehnat qildi.

To‘plagan tajriba va bilimlari unga zamonaviy HR tizimlarini joriy etish, korporativ madaniyatni mustahkamlash va jamoa salohiyatini oshirishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
"O'zmetkombinat" AJ jamoasi Normatov Baxtiyor Baxromdjanovichga yangi lavozimida katta muvaffaqiyatlar tilaydi!

 

4.64

(25 ovoz)