Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Ishonchli va mas‘uliyatli mutaxassis

17.10.2025 17.10.2025 62

“Metallurglar Servis Markazi” MCHJning Ta‘mirlash-mexanika bo‘linmasida mehnat qilayotgan Maqsud Xo‘janov 2011-yildan beri temirchilik sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning asosiy ish vazifasi - ta‘mirtalab uskunalar uchun ehtiyot qismlar yasashda qo‘llaniladigan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlab berishdir.

Metallurgiya sanoati uchun ta‘mirtalab uskunalarga ehtiyot qismlar yasashda zarur bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash ishlab chiqarishning uzluksiz va samarali faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega. Ularning sifatli va o‘z vaqtida yetkazib berilishi bo‘linmalarning ishonchli ishlashini ta‘minlaydi.

O‘zining 14 yillik ish faoliyati davomida u ustozi Abdunabi Abdujabborovdan o‘rganganlaridan foydalanib, turli xil yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlab, o‘z vazifasini sidqidildan bajarib kelmoqda. Shu bois u jamoaning ishonchli va mas‘uliyatli mutaxassislaridan biridir.

 

5.00

(1 ovoz)