Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Dolzarb masalalarni hal qilishga yordam bermoqda

24.10.2025 29.10.2025 141

    

Fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash kombinat faoliyatining muhim qismi bo‘lib, uning obro‘-e’tiboriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

“O‘zmetkombinat” AJning Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari билан ishlash bo‘limi xodimlari shahar aholisi hamda kombinat ishchilarining dolzarb muammolarini tezkor hal etishga intilmoqda. Barcha murojaatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi.

Har kuni xalq qabulxonalari, bevosita aloqa, ishonch telefonlari va maxsus portal orqali kelib tushayotgan murojaatlar ro‘yxatga olinadi. Ular mazmuniga ko‘ra saralanib, o‘z vaqtida mas’ul mutaxassislarga yo‘naltiriladi.

Tahlillar murojaatlarning aksariyati ishga joylashish, uy-joy bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa ishga o‘tkazish kabi masalalarga tegishli ekanini ko‘rsatmoqda.

Ko‘plab murojaatlar bo‘yicha yechimlar tezda qabul qilinmoqda, murojaat etgan shaxslarga huquqiy tushuntirishlar berilmoqda. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa belgilangan tartibda tegishli idoralarga yuborilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinmoqda.

 

5.00

(1 ovoz)