Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘zmetkombinat” AJ Tarix muzeyiga talabalar tashrif buyurdi

29.10.2025 29.10.2025 136

Bugun “O‘zmetkombinat” AJ Tarix muzeyiga Bekobod politexnikumining — korxonamizning bo‘lajak mutaxassislari bo‘lgan talabalar tashrif buyurdi. Ular kombinatning tashkil topishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, zamonaviy loyihalar va yutuqlar bilan tanishdilar.

An’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish amaliyoti oldidan talabalar muzeyga tashrif buyurib, bo‘linmalar maketlari va tematik eksponatlar orqali real ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib olishadi. Bu esa ularga bugun o‘rganayotgan kasblarining  mohiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Zarur bilim va yo‘riqnoma olgan talabalar korxonaning turli bo‘linmalarida kasb sirlarini bevosita amaliyot jarayonida o‘rganadilar hamda o‘z malakalarini mustahkamlaydilar.

“O‘zmetkombinat” AJ yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab, metallurgiya sohasida malakali kadrlar tayyorlashga doimiy hissa qo‘shib kelmoqda.

 

    

 

0

(0 ovoz)