Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / E`lonlar

“O‘zmetkombinat” AJ Komplaens xizmati boshlig‘i vakant lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.

03.11.2025 03.11.2025 121

Ochiq tanlovda qatnashish uchun nomzodlardan anketa-rezyume va shaxsiy hujjatlar (diplom nusxasi, pasport nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi va rasm) resume@uzbeksteel.uz pochta manzili orqali 2025 yil 03-noyabrdan 2025 yil 13-noyabrgacha qadar qabul qilinadi.

“O‘zmetkombinat” AJda nomzodning yuborilgan anketa-rezyumesi ijobiy xulosa uyg‘otsa, anketa-rezyumeda ko‘rsatilgan telefon raqami yoki elektron pochta manzili orqali bog‘laniladi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

 

Birinchi bosqich,

Nomzodlar yuborgan anketa-rezyumelari va hujjatlar tegishli mas’ullar ishtirokida tanlov e’lon qilingan lavozimning malakaviy va qo‘shimcha lavozim talablariga mos kelishi bo‘yicha o‘rganib chiqiladi hamda saralanadi. Vakant lavozimga mos kelgan nomzodlar keyingi bosqich – test sinovlariga taklif etiladi.

 

Ikkinchi bosqich,

Test sinovlarini “O‘zmetkombinat” AJning Toshkent viloyati, Bekobod shahridagi maxsus binosida o‘tkazish rejalashtirilgan. Test sinovi soha bo‘yicha hamda nomzodlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, xalqaro standartlar, moliyaviy va komplaens nazorat, iqtisodiy va boshqaruv sohasiga oid bilim va ko‘nikmalari hamda mantiqiy fikrlashga saloxiyatini birlamchi baholash uchun o‘tkaziladi. Test sinovlaridan minimal o‘tish bali – 80 ball. Sinov jarayonlari videotasvirga olinadi.

 

Uchinchi bosqich,

Test sinovlaridan eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar bilan “O‘zmetkombinat” AJ tegishli mas’ullari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari ishtirokida onlayn shaklda suhbat o‘tkaziladi.

“O‘zmetkombinat” AJ Komplaens xizmati boshlig‘i vakant lavozimiga qo‘yiladigan talablar:

 

Vazifalari, funksional majburiyatlari:

- jamiyatda, shuningdek, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO37001:2016 xalqaro standarti talablariga javob beruvchi kompleks tizimni, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish;

- korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish;

- jamiyat xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash;

-jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;

- tashkilotda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;

- tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.

 

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

- 30 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi;

- Iqtisod, moliya, yurisprudensiya sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

- Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, yurisprudensiya va tezkor faoliyat sohalari bo‘yicha kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lish (tezkor faoliyat sohalarida ishlagan bo‘lsa ustunlik beriladi);

- Komplaens nazoratni vazifalariga doir qonunbuzilish holatlari yuzasidan tekshirish hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtira olish;

- Zamonaviy fikrlash, sohaga oid takliflar berish hamda ularni amaliyotga joriy etish;

- Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;

-Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirganligini tasdiqlovchi sertifikatlarning mavjudligi;

-Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro standardlarni jamiyat faoliyatiga joriy eta olish;

- O‘zbek tilini yozma va og‘zaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi ma’qullanadi.

 

Qo‘shimcha talablar:

Mas’uliyatlilik, vijdonlilik, samaradorlik, tirishqoqlik, stressga chidamlik.

 

Hamkorlik shartlari:

  • Bandlik shakli: Ofisda/to‘liq bandlik;
  • Ishga qabul qilishda 3 oylik sinov muddati;
  • Ish tartibi (09:00 dan 18:00 gacha, Dushanba-juma);
  • Mehnat qonunchiligi doirasida ish vaqtidan tashqari ishga jalb etilishi mumkin;
  • Uzoq muddatli xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.

 

Nomzodlarga cheklovlar:

 - tegishli ma’lumotning yetishmasligi;

 - nomzodga nisbatan qo‘yilgan talablarga javob bermasligi;

 - sudlanganlik holati.

 

5.00

(2 ovoz)