Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

instagram telegramm
+998702141462

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Gimnastika — ish jarayonidagi hushyorlik va samarali mehnat garovi!

19.12.2024 19.12.2024 49

     

   Shunday kasblar borki, ish faoliyatining asosiy vaqtini kompyuterda o'tirib ishlash bilan o'tkazadi. Ertami-kechmi, bu sizning sog‘lig‘ingizga va shunga mos ravishda ishlashingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir oz ish vaqtingizni ishlab chiqarish gimnastikasiga bag‘ishlashingiz mumkin. 
Bu tanangiz uchun ancha foydali  bo‘ladi. Bir nechta oddiy, ammo juda samarali mashqlar charchoqni ketkazishga va yangi kuch bilan ishlashga yordam beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra harakat kam bo‘lgan muhitda ishlovchi xodimlarning aksariyatida ortiqcha vazn, bel sohasida muammolar, mushaklarda og‘riq, yurak qon tomir va hazm qilish jarayonlarda kamchiliklar kuzatiladi. Ish beruvchilar esa bu borada ishlab chiqarish gimnastikasiga e’tibor qaratish tavsiya etilgan. 
   Shu sababli kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan joylarda ishlab chiqarish gimnastikasi o‘tkazilmoqda.
ISHLAB CHIQARISH GIMNASTIKASI — kishini sog‘lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ish kuni davomida bajariladigan jismoniy mashqlar majmui.
Mashqlar ish jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi.
   Amaliyotda ishlab chiqarish gimnastikasining 2 turi mavjud:
1 - odamni ish kuniga tayyorlovchi kirish gimnastikasi;
2 - ish vaqtidagi badan tarbiya daqiqalari — bunda o‘tirib ishlaydiganlarga yurish, o‘tirib turish, belni bukish; tik turib ishlaydiganlarga — oyoq mushaklariga dam beruvchi mashqlar tanlanadi. 
Hozirgi aqliy mehnat rivojlangan davrda ishlab chiqarish gimnastikasining ahamiyati katta.

 

0

(0 ovoz)