Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Savol - javob.

28.01.2025 28.01.2025 179

   Pensiyaga chiqishi yaqinlashib qolgan fuqarolar ishxonada qisqartirishga tushsalar muddatidan avval qanday pensiyaga chiqadilar?
S. Mahmudova

   Avvalo, ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng o‘ttiz kalendar kun ichida o‘zlarining yashash joyidagi tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga ish qidirayotgan shaxs sifatida murojaat qilishlari kerak.
   Shundan so‘ng, agar ish qidiruvchi shaxslarga tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan uch oylik muddat ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb e’tirof etiladilar.
   E’tibor bering! Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan berilgan taqdimnoma budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos bo‘lib hisoblanadi.
   Muddatidan oldin pensiya erkaklar uchun 58 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam bo‘lmagan taqdirda, ayollar uchun 53 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi.

 

0

(0 ovoz)