MEHNATDA FAOL AYOLLARIMIZDAN BIRI
O‘zining 43-yillik umumiy ish stajiga ega bo‘lgan Munavvar Berdiqulova ham jamiyatimizda o‘z o‘rnini topgan holda boshqalarga namuna bo‘lib kelmoqda.
M. Berdiqulovaning 43-yillik ish stajining 29-yili “O‘zmetkombinat” AJga to'g'ri keladi. U 1996-yildan beri kombinatning bir nechta tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilib uning rivojlanishida hissasini qo‘shishdan charchamadi.
Qahramonimiz 2003-yildan hozirgi kunga qadar Zoldir prokatlash bo‘linmasida boshqaruv pulti operatori vazifasida ishlab kelmoqda.
O‘tgan davr mobaynida kasb sirlarini o‘rganishda ustozi Farhod Mavlonovdan ko‘plab saboqlar olgan. Uning mehnatini munosib baholagan kombinat rahbariyati bir qancha faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlagan.
Har doim oqila, go‘zal ayollarimiz o‘zlarining g‘amxo‘rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi, topqirligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muhim mo‘tadillik muvozanatini saqlab kelgan. Binobarin, bugungi kunda ayol avvalo, oila bekasi, ona, millat kelajagini yaratuvchi, avlodlar bardavomligini ta’minlovchi, davlat ishlarida biz bilan tengma-teng mehnat qilayotgan mo‘tabar zot sanaladi.
Mo‘tabar Berdiqulova ham yurtimizning ana shunday jonkuyar va mehnatkash ayollaridan biridir.