Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

20.06.2025 20.06.2025 71

  

Yoshlar kuniga bag‘ishlangan oylik doirasida O‘zbekistonda  yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan  tadbirlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.
19-iyun kuni “Sohil” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yosh mutaxassislar va “O‘zmetkombinat” AJ rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tashabbus korxona kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirildi.
Uchrashuv “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi-Bosh direktor Dilshod Axmedov boshchiligida bo'lib o'tdi. U o‘z so‘zida kombinatning mamlakat sanoat sektoridagi barqaror o‘rnini qayd etib, sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollarini ko‘rsatib o‘tdi.
Metallurgiya sanoatining kelajagida yoshlarning roliga alohida e’tibor qaratildi. Rahbar yosh mutaxassislar sohani modernizatsiya qilish va rivojlantirishda muhim bo‘g‘in bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Uchrashuvda yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdilar. Savollarga batafsil javob oldilar.
Bu tadbir kombinat rahbariyati ochiq muloqotga, yoshlarning   tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga, foydali va samarali  hamkorlikka tayyorligini tasdiqladi.

 

0

(0 ovoz)