Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

SHAFFOFLIK VA ISHONCH: TIZIMLI YONDASHUV

22.10.2025 22.10.2025 214

"O‘zmetkombinat" AJda korporativ etikani mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda. Korxona bo‘linmalarida “Korrupsiyaga qarshi kurash”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish”, “Sovg‘a berish va qabul qilish tartibi”, “Korporativ firibgarlik” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlar Navli prokatlash bo‘linmasi, “Bekobod kislorod ishlab chiqarish korxonasi” MCHJ, “Bekobod rangli metallar ishlab chiqarish korxonasi” MCHJ, Kadrlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasi hamda Xaridlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazildi.

Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi – xodimlarda odob-axloq masalalariga ongli munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va halollik, ochiqlik hamda mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlashdir. Ishtirokchilarga ushbu tamoyillarga rioya etish hamkorlar ishonchini qozonish va korxonaning barqaror rivojlanishi uchun muhim shart ekani tushuntirilmoqda.

Muhokamalar chog‘ida mutaxassislar manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda qanday harakat qilish kerakligini, bunday holatlar haqida rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor etish zarurligini ta‘kidlab o‘tishmoqda. Sovg‘a berish va qabul qilish masalalari ham korxonaning ichki qoidalariga qat’iy amal qilingan holda amalga oshirilishi zarurligiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, korporativ firibgarlik xavflari va uning oldini olish choralariga e’tibor qaratilayapti. Har qanday suiiste’molchilik ko‘rinishlari yoki asossiz foyda olishga urinish korxonaning obro‘siga putur yetkazishi va jamoaga zarar keltirishi ta’kidlab o‘tilmoqda.

Bunday tadbirlar jamoada ishonch va adolat muhitini mustahkamlashga, korporativ madaniyatni oshirishga hamda yuqori biznes-etikasi standartlariga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiladi.


 

0

(0 ovoz)