Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

Savol - javob.

27.01.2025 27.01.2025 179

   

   O'tgan yil boshlanishida dekret ta’tiliga chiqdim. Biroq oilaviy sharoitim sabab 6 oydan so‘ng ishga chiqdim. Ammo ham ishlash, ham bolaga qarash qiyin ekan. Men yana qaytadan dekret ta’tiliga chiqsam bo‘ladimi?
A. Salimova.
   Mehnat kodeksining 405-moddasiga asosan homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi. Bu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanadi.
   Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi. Bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.
Hozir siz dekret ta’tilidan ishga qaytib bir muncha muddat ishlagan bo‘lsangiz ham o‘z xohishingizga ko‘ra ariza yozib yana qaytadan bolani parvarishlash ta’tiliga bemalol chiqsangiz bo‘ladi. Bu ta’til xodimning xohishiga ko‘ra beriladigan ta’til bo‘lib, xodim undan bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar xohlagan paytida foydalanishga haqli. Shu sababli, ariza yozib ta’tilga bemalol chiqsangiz bo‘ladi. Bu davrda hech kim sizni ishdan bo‘shata olmaydi.

 

0

(0 ovoz)