Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR IJODI.

14.02.2025 14.02.2025 67

   Bobur haqida ingliz olimi Uilyam Erskin shunday degan: «Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi».
   Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan. Uning lirikasi adabiyotdagi o‘ziga xos lirika. Shubhasiz, she’riyatining asosiy mavzusi Vatan, Vatan sog‘inchi bo‘lgan.
   Shu bilan birgalikda Bobur lirikasida yuksak va oliyjanob insoniy tuyg‘ular, adolatparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularini madh etgan. Xalqda uning:

 

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.

 

ruboiysi mashhur.
   Bobur she’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy. Bobur tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan.

   Uning “Aruz haqida risola” ilmiy asari Sharq tilshunosligida katta ahamiyatga ega. Asarda shoir nutqdagi urg‘uli va urg‘usiz, uzun va qisqa bo‘g‘inlar tizimi nazariyasini boyitgan, uning tasnif va turlarini rivojlantirgan. O‘z qarashlarini arab, fors tojik va turk she’riyati manbalari bilan asoslab bergan. Shu bilan u Alisher Navoiy an’analarini munosib davom ettiradi.

  “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni. Jahon adabiyoti va manbashunosligida muhim va noyob yodgorlik. Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan. Asarning “Boburiya”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi ko‘plab nomlari ham ma’lum.

  Temuriylar tarixi haqida batafsil so‘ylaydigan yirik manba. Asarning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari O‘zbekiston fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida saqlanadi. Ko‘plab dunyoviy, jumladan, fors, ingliz, rus, turk, golland, fransuz tillariga tarjima qilingan. Hozirgi vaqtga qadar “Boburnoma” 25 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

   Shoir nomini abadiylashtirish maqsadida uning ona shahri Andijonda haykal o‘rnatilgan. Bir qancha maskan va manzillarga Bobur nomi berilgan. Har yili 14-fevral respublika bo‘ylab Bobur tavallud topgan kun keng miqyosda nishonlanadi.

 

0

(0 ovoz)