Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Investorlarga / Investitsion jozibadorlik

"O‘zmetkombinat" AJ – O‘zbekistonning eng yirik metallurgiya sanoati vakili.

14.02.2025 14.02.2025 196

   "O‘zmetkombinat" AJ – O‘zbekistonning eng yirik metallurgiya sanoati vakili bo‘lib, 1944-yil 5-martda birinchi po‘lat eritmasini olish bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda kompaniya 100 dan ortiq turdagi metall mahsulotlari, jumladan, qora va rangli metall hamda xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradi. Ichki bozordagi ulushi 30% dan ziyodni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish hajmi yiliga 1 million tonnadan ortiq metall mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Kompaniya 9 000 dan ortiq malakali mutaxassisni ish bilan ta’minlab, O‘zbekiston iqtisodiyotining metallurgiya segmentida muhim o‘rin tutadi.

   "O‘zmetkombinat" AJ "Quyuv-prokatlash majmuasini qurish" loyihasini amalga oshirmoqda. Bu loyiha issiq holatda prokatlangan list o‘ramlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni mahalliylashtirish va mijozlar bazasini kengaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, kombinat xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulot diversifikatsiyasi va texnologik yangilanishlarga katta e’tibor qaratmoqda.

  "O‘zmetkombinat" AJ xalqaro moliya bozorida ishonchli hamkor sifatida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. 2022-yilda Fitch Ratings tomonidan kompaniyaga "BB-" kredit reytingi berilgan bo‘lib, 2024-yilda ushbu baho muvaffaqiyatli yangilandi. Bu reyting kompaniyaning moliyaviy barqarorligi, majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishi va xalqaro investorlarga ochiqligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, "O‘zmetkombinat" AJ 2023-yilda xalqaro ESG reytingini olish jarayonini boshladi va 2024-yil boshida CDP (Carbon Disclosure Project) tomonidan "C" reytingiga ega bo‘ldi. 2025 yilda mazkur reyting “B” darajasiga oshirildi. Bu esa kompaniyaning ekologik barqarorlikka e’tibor qaratayotgani hamda xalqaro ekologik talablar asosida ishlayotganini tasdiqlaydi.

   "O‘zmetkombinat" AJ aksiyalari mahalliy fond bozorida sotuvda bo‘lib, bu kompaniyaning ochiqligi, uzoq muddatli barqaror rivojlanishga intilayotgani va investorlarga yangi moliyaviy imkoniyatlar yaratishiga xizmat qiladi. Kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirish orqali kombinat xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, aksiyadorlar qiymatini oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan strategiyani amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, kompaniya global metallurgiya bozoridagi o‘z mavqeini mustahkamlash va yetakchi o‘yinchilar qatoriga kirish uchun jadal harakat qilmoqda.

 

4.75

(4 ovoz)