Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

KASBIDAN BAXT TOPGAN AYOL.

20.02.2025 20.02.2025 54

 

   Ayol oila, ro‘zg‘or tashvishlaridan ortib, o‘z kasbining mutaxassisi bo‘lsa, kasbini sevsa va o‘z sohasi ortidan hurmat qozonsa ayol uchun haqiqiy baxt mana shu.

  Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo‘linmasining yosh ishchilaridan biri Sabohat Murodova ro‘zg‘or uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni sifatli ishlab chiqishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

  Albatta, sirlangan idishlar tayyorlash bo‘limida mehnat qilayotgan soha xodimlari bor tajribalarini ishga solgan xolda turli xildagi va ko‘rinishdagi sirlangan idishlarni uy bekalariga taqdim etib kelmoqda. S. Murodovaning ustozi Saodat Mirzaqulova shogirdiga mahsulotlarni sifatli qilib tayyorlashda baholi qudrat yordam berdi. Mana oradan 12-yil o‘tib qahramonimiz ham tajribali ishchilardan biriga aylandi.

  Sabohat Murodovaning fikricha “Har bir inson hayotda tanlagan o‘z kasbiga yetarlicha mehr qo‘ya olmas ekan, u inson kasbiga sadoqat bilan xizmat qila olmaydi, men esa kasbidan baxt topgan ayollardan biriman va ishim bilan faxrlanaman”.

 

0

(0 ovoz)