Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“O‘ZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIYADORLIK JAMIYATI CDP (CARBON DISCLOSURE PROJECT) BAHOLASH TIZIMIDA IKKI POG‘ONA YUQORILAB, “B” DARAJASIGA ERISHGANINI MA’LUM QILADI

20.02.2025 21.02.2025 200

“O‘ZBEKISTON METALLURGIYA KOMBINATI” AKSIYADORLIK JAMIYATI CDP (CARBON DISCLOSURE PROJECT) BAHOLASH TIZIMIDA IKKI POG‘ONA YUQORILAB, “B” DARAJASIGA ERISHGANINI MA’LUM QILADI

O‘zbekistonda po‘lat mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchi korxona bo‘lgan “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (RSE: UZMK) (bundan keyin matnda – “O‘zmetkombinat” AJ, “Kompaniya”) CDP (Carbon Disclosure Project) bahosi ikki pog‘onaga, ya’ni “B” darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.

CDP – bu har yili kompaniyalar tomonidan iqlim o‘zgarishi (Climate Change), suv (Water) va o‘rmon (Forests) resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha oshkor qilingan ma’lumotlarni baholaydigan eng nufuzli xalqaro ESG reyting provayderlaridan biri.
2024-yilda CDP baholashida butun dunyodan 22 000 dan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Baholar “A” (eng yuqori natija) dan “F” (eng past natija) gacha bo‘lgan shkalada qo‘yiladi.


“O‘zmetkombinat” AJning 2024-yilda CDP baholash doirasidagi natijalari

2024-yilda CDP (CDP Climate Change 2024) tomonidan o‘tkazilgan iqlim o‘zgarishi sohasidagi baholash natijalariga ko‘ra, “O‘zmetkombinat” AJga “B” bahosi berildi. Bu o‘tgan yilgi natijalarga nisbatan ikki pog‘ona yuqori bahodir. “B” bahosi Kompaniyaning iqlim o‘zgarishini boshqarish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini anglatadi. “O‘zmetkombinat” AJning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha rivojlanish va natijalari darajasi nafaqat o‘rtacha global darajadan , balki butun dunyo metallurgiya kompaniyalari o‘rtasidagi o‘rtacha sanoat darajasidan ham sezilarli darajada yuqori ekanligi aniqlandi . 2023-yilda “B” darajasi Markaziy Osiyoda ommaviy baholashlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

Alohida toifalar orasida CDP “O‘zmetkombinat” AJga korporativ boshqaruv, iqlim o‘zgarishi xavflari va imkoniyatlarini boshqarish, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va past uglerodli mahsulotlar ishlab chiqarish, davlat organlari hamda tarmoq tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ekologik siyosat va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori ("A" darajasidagi) baholarni berdi. Bundan tashqari, CDP “O‘zmetkombinat” AJga iymat yaratish zanjirida issiqxona gazlari chiqindilari masalalarini boshqargani uchun (3-qamrov) juda yuqori (“A-” darajasidagi) baho berdi.

12023-yilda o‘rtacha global CDP bahosi “S” ni tashkil etdi
22023-yilda “Metallarni qayta ishlash” tarmog‘i bo‘yicha o‘rtacha CDP bahosi “B-”

 


“Biz iqlim o‘zgarishini boshqarish borasidagi yutuqlarimiz uchun CDP tomonidan bunday xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lganimizdan nihoyatda mamnunmiz. “O‘zmetkombinat” AJda barqaror rivojlanish shunchaki majburiyat emas, balki kompaniyaning sifatli o‘sishi uchun haqiqiy imkoniyat ekanligiga ishonchimiz komil. Bunday muvaffaqiyat bizni yanada oldinga intilishga va kelajakda nafaqat o‘zimiz uchun, balki po‘lat sanoati va O‘zbekiston Respublikasi uchun ham ekologik mas’uliyatning yangi, yanada yuqori standartlarini belgilashga ruhlantiradi,” - deya izoh berdi “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari va moliyaviy direktori Tatyana Budey.


Xalqaro nufuzli CDP tashkiloti tomonidan berilgan bunday yuqori baho “O‘zmetkombinat” AJ, O‘zbekiston Respublikasi va umuman mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Kompaniyaning CDP baholashini oshirish doirasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng qamrovli ishlar Finvizier Consultancies DMCC konsalting kompaniyasini jalb qilgan holda amalga oshirildi.


Ma’lumotnoma:

CDP 2000-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan mustaqil notijorat tashkilotdir. U investorlar, kompaniyalar, shaharlar, shtatlar va mintaqalar uchun atrof-muhitga ta’sirini boshqarishga qaratilgan global ma’lumotlarni oshkor qilish tizimini yuritadi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, CDP tadqiqotida butun dunyodan 22 mingdan ortiq kompaniya ishtirok etdi. Ularning umumiy kapitallashuvi jahon fond birjalarida ro‘yxatga olingan kompaniyalar umumiy kapitallashuvining taxminan 67 %ini tashkil etadi. CDP reytingini boshqaruvidagi umumiy aktivlari 142 trillion AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 700 dan ziyod institutsional investorlar qo‘llab-quvvatlaydi. CDP haqida batafsil ma’lumotni tashkilotning rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin: https://www.cdp.net/


“O‘zmetkombinat” AJ 1944-yildan buyon O‘zbekistondagi qora metallurgiya sohasining yetakchisi hisoblanadi. Kombinat yiliga 1 million tonnadan ortiq prokat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 2021-2026-yillar davomida ishlab chiqarish quvvatini yiliga 2,5 million tonnaga yetkazish maqsadida keng ko‘lamli investitsiya dasturini amalga oshirmoqda. Korxonada 10 mingdan ziyod xodim mehnat qiladi, mahsulotlar mamlakatning barcha hududlarida sotiladi va dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi. Kombinat aksiyalarining 90 foizdan ortig‘i davlat tasarrufida. Aksiyalarning sezilarli qismi “Toshkent” RFBda muomalada bo‘lib, kombinatning oddiy va imtiyozli aksiyalari yuqori likvidlik maqomiga ega.

 

5.00

(1 ovoz)