Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

MAHSULOTLAR EKSPORT QILINMOQDA.

21.02.2025 21.02.2025 41

  

   Bo‘linmada mineral vata, qattiq va yarim qattiq plitalar, tikilgan matlar kabi sifatli issiqlikni o‘tkazmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

  Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra “O‘zmetkombinat” AJda ishlab chiqarilayotgan ushbu mahsulotlar issiqlikni saqlab turishga a’lo darajada to‘g‘ri keladi. U o‘tga chidamliligi, yuqori haroratlarda ham shaklini yo‘qotmasligi, agressiv muhitlarga, ishqor, moy, kislotalarga chidamliligi, nam tortmasligi, salomatlik uchun xavfsizligi, suv shimuvchanligi, termochidamliligi va shovqinni yo‘q qiluvchanligi bilan ajralib turadi.

  Mazkur mahsulotni ishlatganda u issiqlik energiyasi sarflamaydi, xonalarda mikroiqlimni me’yorlashtiradi. Qolaversa, ular yong‘in xavfi bor obyektlarda yong‘inga qarshi samarali termoizolyatsiya sifatida qo‘llaniladi. Ta’kidlash lozim bugungi kunda ushbu mahsulotlarga talablar kundan kunga ortib bormoqda. Shu sababli jamoa kelishilgan holda qo‘yilgan vazifalarni uddalab kelishmoqda.

  O‘zbekistondagi doimiy mijozlardan ”Farangiz” MCHJ , “ANIMOSITY” OOO, “D-PRODUCTS" MCHJ, “LAND HUSE” OOO “MMS KLASS" MCHJ kabi korxona va firmalarni misol qilib olishimiz mumkin. Jamoa hozirgi kunda qurilish uchun mo‘ljallangan plita, mat mahsulotlarini Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilmoqda.

  Albatta, ishlarni bir maromda ketishi va oldlilariga quyilgan majburiyatni muvaffaqiyatli bajarilishida kasb egalarining ham o‘ziga yarasha hissasi bor. Masalan yuklash bo‘yicha brigadir Azimjon Jabborov, liniya operatori Muzaffar Xolmatov, shixta ishchisi Muxlisa Toshboyeva, Ahmadali Karimov, yuklovchi Ibrohim Hoshimov, usta Xurshid Ro‘ziboyevlar boshqalarga namuna bo‘lib kelishmoqda.

 

0

(0 ovoz)