Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Kundalik yangiliklar

“USTOZ VA SHOGIRD” AN’ANALARI.

21.02.2025 21.02.2025 37

 

  Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik an’analari ko‘plab mehnat jamoalarida, shu jumladan, korxona va tashkilotlarda qo‘llanib keladi.

 Aynan “O‘zmetkombinat” AJda ham tajribali mutaxassislarga yosh kadrlar biriktirilib, sohalari bo‘yicha bilimlari oshirilmoqda. Navli prokatlash bo‘linmasining po‘lat simlar ishlab chiqarish uchastkasida bir necha yillardan beri mehnat qilib kelayotgan smena brigadiri Mansur Bozorboyev ham uchastkaga kelayotgan yoshlarga katta e’tibor qaratib, kasb sirlarini o‘rgatib kelmoqda.

 Xalqimizda "Ustoz ko‘rmagan shogird - har maqomga yo‘rg‘alar" degan hikmatli ibora bejizga aytilmagan. Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yo‘nalishi hisoblanadi. Chunki harqanday vaqtni taqsimlashda maqsad, vazifa, vositalardan qanday foydalanish zarurligini o‘rgatib shogirdlarni bo‘sh vaqtlarini sermazmun yo‘nalishda bilim, ko‘nikma, malakalar egallashga jalb qila bilish ustoz siymosini yanada obro‘-e’tiborli shaxsga aylantiradi. Mansur Bozorboyev o‘tgan yillar davomidabir qancha yoshlarni tarbiyalab, kasbga bo‘lgan sadoqat, oldinga qarab intilish, o‘z kasbining fidoiysi bo‘lishida ustozlik qildi. Shogirdlari orasida usta Xusniddin Mahkamov, brigadir Ilhom Buhorboyev kabi yoshlarni misol qilib olishimiz mumkin.

 

0

(0 ovoz)