Bekor qilish


Shrift(

1

x

)
Masshtab(100%)
A
A
A

Saytda ovoz jo`rligi(suhandon tekstni o`qib berishi) funksiyasi mavjud. Buning uchun kerakli tekstni belgilaysiz, paydo bo`lgan oynadan bosqichni tanlaysiz. Agar to`xtatmoqchi bo`lsangiz bosqichni tanlaysiz

Bosh sahifa / Axborot xizmati / Yangiliklar / Rahbariyatning chiqish va bayonotlari

“O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruv raisi – Bosh direktor Dilshod AXMEDOVning O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi

18.05.2025 18.05.2025 150

 

Hurmatli metallurglar, qadrli ishlab chiqarish faxriylari!

Sizlarni kirib kelayotgan kasb bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Har yili may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadigan ushbu kasb bayrami mamlakatimiz sanoat taraqqiyoti, iqtisodiy barqarorlik va mustaqillik asoslaridan biri bo‘lgan po‘lat mahsulotlari tayyorlayotgan insonlarning fidokorona mehnatiga ehtiromdir.

“O‘zmetkombinat” AJ O‘zbekiston metallurgiya sanoatida haqli ravishda alohida o‘rin tutadi. Uning davlat iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi salmoqli va ahamiyati kattadir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xalqaro andozalarga javob beradigan yuqori sifati tashqi bozorda ishonchli raqobatlashish, yangi eksport yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli rivojlantirish imkonini bermoqda.

Korxona mahsulotlari respublikada ham, xorijda ham xaridorgir bo‘lib, bu mamlakatimiz eksport salohiyatini mustahkamlash va sanoat nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, global muammolar va iqtisodiy o‘zgarishlar fonida kombinat import o‘rnini bosish siyosatini faol amalga oshirayotgani, bu orqali tashqi ta’minotga qaramlikni kamaytirib, mamlakatimizning xorijiy valyutani tejashiga hissa qo‘shayotgani alohida ahamiyat kasb etmoqda. Korxonada ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiya qilinmoqda, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda, sifat menejmenti tizimi takomillashtirilmoqda. Bularning barchasi oddiy ishchidan tortib muhandisgacha barchaning puxta muvofiqlashtirilgan mehnati samarasidir.

Metallurglarga, ishlab chiqarish faxriylariga, hamkorlarimizga jonajon Vatanimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Barchaga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat, yangi ishlab chiqarish muvaffaqiyatlari tilayman!

Qadrli metallurglar va aziz mehnat faxriylari!

Sizlarni Konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari bayrami bilan yana bir muborakbod etar ekanman, kombinatning barcha ishchi-xodimlariga mardonavor mehnatlari uchun tashakkur bildiraman.

Barchangizga salomatlik va baxt, oilaviy farovonlik hamda ezgu orzu maqsadlaringiz amalga oshishini tilayman. Ona-Vatanimiz gullab-yashnashi yo‘lidagi mehnatingizga omad yor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 

 

0

(0 ovoz)